Farg`ona viloyatining Rishton tumanida Qirg`iziston Respublikasiga noqonuniy olib o`tuvchi erosti yo`li aniqlandi. Bu haqda "darakchi.uz"ga DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 23 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan DXX Farg`ona viloyati bo`yicha boshqarmasi hamda viloyat IIB bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbir davomida Rishton tumanida yashovchi fuqaro T.M. boshqaruvidagi yuk avtomashinasi to`xtatilib, ko`zdan kechirildi.
Natijada, avtomashinada tegishli hujjatlari bo`lmagan, taxminiy qiymati 15 mlrd. so`mlik 2707 dona mobil telefonlar (IPhone 13 Pro Max, Samsung Galaxy S 22 ultra, RedMe Note 11 pro va h.k.) borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro T.M. yashash xonadoni ko`zdan kechirilganda, Qirg`iziston Respublikasi Botken viloyati Qadamjoy rayoni hududiga olib o`tuvchi, eni 1-1,5 metr, balandligi 2 metr, uzunligi taxminan 130 metr bo`lgan erosti yo`li mavjudligi aniqlandi.
Ta`kidlanishicha, ushbu erosti yo`li Qirg`iziston Respublikasidan tovar-moddiy boyliklar olib o`tishga mo`ljallangan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
07.03.2023, 13:30
Farg`onada 20 yoshli o`g`il oilaviy kelishmovchilik sabab o`z onasini pichoqlab o`ldirdi. Bu haqda "zamon" informasion dasturida xabar qilindi. Ma`lum qilinishicha, Farg`ona viloyati Marg`ilon shahar "Do`stlik" mahallasida yashovchi...24.01.2023, 10:47
Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...17.12.2022, 10:55
Telegram kanallardan birida Farg`ona viloyati Buvayda tumani hokimining sobiq 1-o`rinbosari bo`lgan Dexqonov Mirzoxidjon bundan 2 yil avval 20 000 dollar pora bilan qo`lga tushib, ozodlikdan...09.12.2022, 09:30
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg`izistonga keldi. Bu haqda "Sputniq Qirg`iziston" xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, Rossiya prezidentini "Manas" aeroportida Vazirlar Mahkamasi raisi – Prezident Administrasiyasi rahbari...