Surxondaryoda “Soxta jurnalist” aniqlandi. Bu haqda "Yangi davr" dasturida xabar berildi.
Ma`lum qilinishicha, "jurnalist" o`zini Respublikadagi etakchi telekanallar muxbiri sifatida tanishtirib shantaj yo`li bilan pul olib yurgan.
Jumladan, Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmalari tomonidan tezkor tadbirda Denov tumanidagi «Nihol studio» jurnalisti bo`lgan ayol "Agar pul bersangiz, sizni maqtayman. Bermasangiz, tanqid qilaman" deb, tadbirkorlarni qo`rqitib yurgani aniqlangan. U maqtovga oid lavhaning har bir daqiqasini 200 ming so`m etib belgilagan.
"Ko`rsatuvning efir haqi uchun pul so`raganman. Lavha ijtimoiy tarmoqlar orqali e`lon qilingan. Ish boshlaganimga 2-3 oy bo`lib qoldi. Ma`lumotim oliy", — deydi "jurnalist".
Shuningdek, u tadbirkorlik sub`ektlari, fermer xo`jaliklari, maktabgacha ta`lim tashkilotlari va ko`plab idoralar faoliyatini tasvirga olib, tanqidiy lavhalar tayyorlagan. Ijtimoiy tarmoqlar va televidenie orqali ko`rsatish bilan po`pisa qilib, agar kelishilgan pul berilsa, tasvirlarni o`chirib tashlash bilan tovlamachilik qilib yurgani aytilgan.
08.08.2022, 10:18
Farg`onada daraxtlar ommaviy qirg`in qilinmoqda, deya yozmoqda deputat Rasul Kusherbaev.Deputatga kelgan murojaatga ko`ra, Farg`ona viloyati, O`zbekiston tumani, Qir ketmon mahallasida qimmatbaho daraxtlar ommaviy qirg`in qilinmoqda....06.08.2022, 10:30
Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi Chortoq mahallasi hududida chiqindi bilan bog`liq yana bir holat aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot...05.08.2022, 12:03
Senatning 29-yalpi majlisida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov O`zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risidagi milliy ma`ruzasi bahs-munozaraga aylanib ketdi.Agentlik rahbarining so`zlariga ko`ra, korrupsiyaga oid...04.08.2022, 12:34
Ijtimoiy tarmoqlarda Kitob tumanidagi viloyat 2-asab-ruhiy kasalliklar dispanserida ayrim bemorlar erda uxlashayotgani aks etgan video tarqaldi.Mazkur murojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati...