Ayrim OAV va ijtimoiy tarmoq sahifalarida 2022 yil 5 iyul kunidan “O`zbekneftgaz” AJ AYoQShlarida Ai-80 markali benzin narxi oshganligi to`g`risida turli xabarlar tarqaldi.
“O`zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, “O`zbekneftgaz” tasarrufidagi UNG Petro AYoQShlarida bugungi kunda 1 litri 6 800 so`mni tashkil qilayotgan Ai-80 markali avtobenzinning chakana narxi oshmagan.
Ta`kidlanishicha, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan 2022 yilning shu davriga qadar 749,7 ming tonna xomashyo qayta ishlandi. Jumladan, avtobenzin (109,5 %), dizel yonilg`isi (113,2 %) bo`yicha belgilangan prognoz ko`rsatkichlari ijrosi to`liq ta`minlandi.
Shuningdek, 72,7 ming tonna Evro 4-5-6 ekologik toifadagi dizel yonilg`isi hamda 179 tn miqdorida yuqori oktanli AI-98 rusumli avtomobil yonilg`isi ishlab chiqarildi.