AsosiyIqtisodiyot

Artel Rossiyadagi eng yirik sotuv tarmog`i bo`lgan “M.Video-Eldorado” bilan shartnoma imzoladi

Joriy yilning 24 iyun kuni Rossiyaning elektronika va maishiy texnika bozoridagi eng yirik...

'Artel Rossiyadagi eng yirik sotuv tarmog`i bo`lgan “M.Video-Eldorado” bilan shartnoma imzoladi'ning rasmi

Joriy yilning 24 iyun kuni Rossiyaning elektronika va maishiy texnika bozoridagi eng yirik chakana sotuvchilaridan biri hisoblangan “M.Video-Eldorado” guruhi boshqaruv direktori Sergey Li Artel kompnaniyasiga tashrif buyurib, kompaniya rahbariyati bilan hamkorlik masalalarida muzokaralar olib borgandi. 

Bundan tashqari, mehmonlar ishlab chiqarish korxonalari bilan yaqindan tanishgan. 

O`zaro muloqot chog`ida tomonlar hamkorlikni yo`lga qo`yish va Rossiyaning 314 shahridagi barcha formatdagi 1200 dan ortiq do`konni birlashtirgan “M.Video-Eldorado” saytlarida Artel brendi mahsulotlarini joylashtirishga kelishib oldilar. Dastlabki bosqichda “M.Video-Eldorado” do`konlarida Artel mahsulotlari quyidagi toifalar bo`yicha keng tarqaladi: muzlatgichlar, televizorlar, pishirgichlar va changyutgichlar. 

Ayni paytda ma`lum qilinishicha, muzokaralar natijasiga ko`ra, Artel kompaniyasi  “M.Video-Eldorado” bilan maishiy texnika etkazib berish bo`yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda Artel kompaniyasi matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, iyul-avgust oylarida sovutgichlar, muzlatgichlar, kir yuvish mashinalari, televizorlar, pechkalar, changyutgichlar va kondisionerlar sotuvga chiqariladi. 

Ta`kidlash kerakki, Artel kompaniyasi mahsulotlarini O`zbekistonning ichki bozori bilan birga MDH, Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika mamlakatlariga eksport qiladi. Shu bilan birga Artel Samsung, Shivaki, Viessmann kompaniyalarining mintaqaviy hamkori hisoblanadi.

Shu o`rinda qiziq bir ma`lumot: Holodilnik.ru tijorat direktori Aleksey Pogudalov “Kommersant.ru”ga bergan intervyusida Artel "to`g`ri strategiya" orqali Rossiya bozorini 3 %dan 5 %gacha egallashi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

 

Boshqa yangiliklar