Samarqandda kadastr xodimlari pora bilan ushlandi, Andijonda zaxiradagi er maydonini sotmoqchi bo`lgan irrigasiya va kadastr bo`limi xodimlari qo`lga tushdi, Piskentda er sotib pul ishlamoqchi bo`lgan kadastr xodimlari qo`lga olindi...
So`nggi vaqtlarda kadast xodimlarining ushlanishi kabi bunday xabarlar tez-tez quloqqa chalina boshladi.
Xususan, birgina Qashqadaryo viloyatida joriy yilning o`tgan 7 oy davri mobaynida er uchastkalarini o`zboshimchalik bilan egallab olish va ushbu er uchastkalarida noqonuniy imorat qurilishiga oid 1241 ta holatda 1496,8 gektar er maydonida qonunbuzarlik holatlari aniqlangan.
Bu haqda Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi matbuot xizmati Darakchi.uz'ga xabar berdi.
Qayd etilishicha, DSQ huzuridagi Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tuman-shahar bo`limlari tomonidan er maydonlarini o`zboshimchalik bilan egallagan shaxslarga 1241 ta yozma ko`rsatmalar yuborilgan.
Viloyatda er qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish bo`yicha o`tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida er qonunbuzilish holatlarining 589 tasi 1249,0 gektari (47,5%) joyning o`zida bartaraf etilgani aytiladi.
Shuningdek, ko`chmas mulkka bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazmaslik yuzasidan 1 238 ta holatda 11382,1 gektar er maydonida qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
"Yuqoridagi qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida 1 819 nafar shaxslarga nisbatan MJtKning tegishli moddalariga asosan jami 16 mlrd. 837 mln. so`m ma`muriy jarimalar qo`llanilib, shundan 1 mlrd. 287 mln. 400 ming so`m undirilgan.
Fuqarolik ishlari bo`yicha sudlarga er uchastkalarini o`zboshimchalik bilan egallangan er maydonida noqonuniy qurilgan imoratlarni bartaraf etish to`g`risida 485 ta (136,6 gektar) da`vo arizalari kiritilib, shundan 191 tasi qanoatlantirilgan. 243 ta da`vo arizalari hozirgi kunda ko`rib chiqish jarayonida.
Yakkabog` tumanida 158 ta holatda 19,1 gektar, Qamashi tumanida 124 ta holatda 73,9 gektar, Qarshi tumanida 119 ta holatda 16,0 gektar, Koson tumanida 116 ta holatda 1129,0 gektar va Kasbi tumanida 100 ta holatda 68,5 gektarni tashkil kiladi",-deyiladi xabarda.