Joriy yilning 17 avgust kuni «Telegramm» ijtimoiy tarmog`i orqali fuqaroga uyatsiz mazmunidagi xabarlarni yozib, uni aldov yo`li bilan Shahrixon tumani hududiga tungi vaqtda chaqirib, ushbu shaxsni kiyimsiz holatda videotasvirga olib, tovlamachilik sodir etgan guruh a`zolari qo`lga olindi. Bu haqda Andijon viloyati IIB xabar berdi.
Hoo`irda mazkur holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.