AsosiyDunyo

O`tgan haftada har 44 soniyada bir kishi koronavirus tufayli hayotdan ko`z yumdi — JSST

'O`tgan haftada har 44 soniyada bir kishi koronavirus tufayli hayotdan ko`z yumdi — JSST'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotida keltirilishicha, o`tgan haftada dunyo bo`yicha har 44 soniyada bir kishi COVID-19dan vafot etgan. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Aslida bu — xavotirli ko`rsatkich. Biroq, JSST rahbari Tedros Gebreyesusning fikriga ko`ra, sayyoramizda umumiy epidemiologik vaziyat yaxshilanmoqda.  

Xususan, shu yil fevral oyidan buyon koronavirusdan o`lim holatlari 80 foizga kamaygan. Vaholanki, yil boshida har 12 soniyada bir bemor ushbu xastalik oqibatida hayotdan ko`z yumayotgan edi.

“Lekin pasayish tendensiyasi kelajakda ham davom etishiga kafolat yo`q, — deydi T. Gebreyesus. — Hamma pandemiya hali tugamaganini eshitishdan charchadi. Ammo shuni unutmaylikki, bu virus o`z-o`zidan yo`q bo`lib ketmaydi”.

Ana shundan kelib chiqib, mutaxassislar koronavirusga qarshi vaksinalar imkoniyatidan yanada kengroq foydalanish kerakligini qayd etmoqda. Bu, avvalo, kasallikning oldini olish, qolaversa, yangi mutasiyalarning bemorlarda engil va asoratsiz o`tishini ta`minlaydi.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar