Qashqadaryo hokimligi Ufada O`zbekiston madaniyati kunlarini tashkil etdi

Madaniyat 20.09.2022, 13:47
Qashqadaryo hokimligi Ufada O`zbekiston madaniyati kunlarini tashkil etdi

Qashqadaryo viloyati delegasiyasi Ufa shahrida 2 haftalik xizmat safarida bo`lib turibdi.  

Safar doirasida O`zbekiston Respublikasi tashqi mehnat migrasiya agentligining Rossiya Federasiyasidagi vakilligi va Qashqadaryo viloyati hokimligi hamkorlikda Ufa shaharida O`zbekiston madaniyati kunlarini tashkil etdi.

Mazkur tadbirni o`tkazishdan maqsad - xalqlar o`rtasidagi madaniy hamkorlik va muloqotning barcha shakllarini rivojlantirish, madaniy yutuqlarni o`zaro almashish hamda turizmni rivojlantirishdan iborat bo`ldi.

Shuningdek, sayyohlarga O`zbekistonning diqqatga sazovor joylari haqida ma`lumot berildi. Qashqadaryodagi turizm va ziyorat ob`ektlari video roliklar orqali ochib berildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1