AsosiySUG'DIYONA
4459

Joan Rouling xayriya ishlariga ko`p pul sarflagani uchun Forbes milliarderlar ro`yxatidan o`chirildi

Britaniyalik yozuvchi Joan Rouling xayriya ishlari uchun “juda ko`p pul sarflagani” uchun  Forbes  jurnali milliarderlari ro`yxatidan o`chirildi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

U bor daromadining 16 foizini, ya`ni 160 million dollarni pulga muhtoj odamlarga tarqatgan. Joan Rouling Forbes jurnali tarixida ilk marotaba xayriya uchun ro`yxatdan chiqarib yuborilgan odam bo`ldi.

Shu bilan birga Joan Rouling yozuvchilik orqali pul topib, Forbes milliarderlari ro`yxatiga kiritilgan ilk yozuvchi ham edi. 

Ijodining ilk davrlarida u qo`lidagi yosh bolasi bilan, yolg`iz, ijtimoiy ta`minot tomonidan berilgan nafaqaga yashagan. Shuning uchun qashshoqlik, kambag`allik nima ekanligini yaxshi tushunadi va pulga muhtoj odamlardan yordamini ayamaydi. 

Joan Roulingning shaxsiy “Lyumos” nomli ( “Garri Potter” haqidagi kitobda biror bir buyumni yoritish uchun ishlatiladigan sehrli so`z sharafiga qo`yilgan) Sharqiy Evropadagi uysiz bolalarga yordam beruvchi xayriya jamg`armasi mavjud.

Rouling ba`zi bir kitoblarini ataylab, gonorarini xayriya ishlariga sarflash uchun yozgan. Nashriyot tomonidan uch kitobdan iborat “Potterianlar” nomli asaridan tushgan gonorarini turli xayriya jamg`armalariga o`tkazgan. U shu paytgacha xayriya ishlari uchun 30 million dollar pul sarflagan.

Boshqa yangiliklar