Qirg`iziston Ta`lim va fan vaziri Almazbek Beyshenaliev hibsga olindi. Bu haqda "Sputnik Qirg`iziston" mamlakat Ichki ishlar vazirligiga tayanib xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, vazir katta miqdorda pora olishda gumon qilinmoqda.
"Ta`lim va fan vaziri pora olayotgan vaqtda qo`lga olindi. Xorijlik talabalarni mamlakatimiz oliy o`quv yurtlariga o`qishga qabul qilish chog`ida katta miqdorda (110 ming dollar) pora olayotganlik fakti tekshirilmoqda”, — deyiladi IIV rasmiy xabarida.
Jinoyat ishi bo`yicha tergov natijalariga ko`ra barcha to`liq ma`lumotlar taqdim etiladi, deb ta`kidladi IIV.
Ma`lumot uchun: Beyshenaliev 2020—2021 yillarda Ta`lim va fan vazirligi rahbari bo`lgan, biroq keyinchalik u lavozimidan ozod qilinib, Shveysariyadagi elchi, shuningdek, Qirg`izistonning BMTdagi doimiy vakili etib tayinlangan. Shu yilning fevral oyida Beyshenaliev yana vazir lavozimiga tayinlangan edi. U islohotlar o`tkazish, jumladan Qirg`izistonni 12 yillik ta`limga o`tkazish tashabbusi bilan tanilgan. Shuningdek, uning qo`l ostida maktab direktorlari tanlov asosida tanlana boshladi.
13.09.2023, 11:02
Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol o`tkazib...07.09.2023, 13:15
Terrorchilik tashkilotlaridan biriga rahbarlik qilgan O`zbekiston fuqarosi Suriyadagi janglardan birida halok bo`ldi. Bu haqda Toshkent shahri IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, 1972 yilda tug`ilgan...06.09.2023, 10:12
Kecha, 4 sentyabr kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumanida noma`lum shaxs pod`ezdga kirib ketayotgan qizga hujum qilgani haqida xabar qilingan edi. Ayni paytda Toshkent shahar IIB...31.08.2023, 12:47
Bugun, 31 avgust kuni soat 03:53 larda Kitob Dehqon oziq-ovqat bozori hududidagi savdo do`konlaridan birida yong`in sodir bo`layotgani to`g`risida xabar kelib tushdi, deya xabar bermoqda...