AsosiyJamiyat
4647

Samarqandda to`yda yo`qolib qolgan 4 yoshli bolaning jasadi quduqdan topildi (video)

'Samarqandda to`yda yo`qolib qolgan 4 yoshli bolaning jasadi quduqdan topildi (video)'ning rasmi

Samarqanddagi to`yxonada yaqinlarining qarovsiziligi sabab yo`qolgan bolakay, bazmgoh atrofidagi 8 metrlik quduqqa tushib ketganligi aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 26 sentyabr kuni Urgut tumani prokuraturasiga "Xo`jayduq" mahallasida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 25 sentyabr kuni soat 16:00 larda "Etakbeshkapa" MFYda joylashgan to`yxonaga 4 yoshli nabirasi bilan borgani va uni yo`qotib qo`yganini aytib, uning topilishida yordam so`ragan.

Murojaatga asosan viloyat prokuraturasi, viloyat IIB, tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan birgalikda qidiruv tadbirlari amalga oshirilgan va 30 sentyabr kuni to`yxona atrofidagi ichimlik suvi qazib olish uchun mo`ljallangan 8 metrlik quduqdan bolaning jasadi topilgan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar