AQSh Ukrainani parvozlardan holi hudud deb e`lon qilishdan voz kechdi. Jozef Baydenning so`zlariga ko`ra, Qo`shma Shtatlar uchinchi jahon urushini boshlamoqchi emas. Bu haqda "zamon.uz" xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, Oq uydagi matbuot anjumanida AQSh Prezidentidan Ukrainaga doimiy asosda yordam ko`rsatish masalasi so`ralgan.
"Ular uchun ko`p narsa qildik. Masalan, mendan Ukrainani parvozlardan holi hududga aylantirishda AQSh samolyotlaridan foydalanishni ko`p so`rashdi. Ammo biz buni amalga oshirmaymiz. Rossiya samolyotlarini urib tushirib, Uchinchi jahon urushini boshlamoqchi emasmiz", — degan Bayden.
Bundan tashqari, Prezident ukrain armiyasi Rossiya shaharlarini bombardimon qilishini istamasligini aytgan va shuning uchun 965 km uzoqlikka uchadigan raketalar bermaganini qayd etgan.
Hududiy yon berishlar haqida gapirar ekan, Bayden bu masalani Kievning o`zi hal qilishi kerakligini ta`kidlagan. U ushbu masalada Vashington Ukrainaga bosim o`tkazmasligini qo`shimcha qilgan.
13.12.2022, 11:03
Qozog`iston gaz ittifoqini yaratish masalasini muhokama qilmadi, deb xabar qildi mamlakat energetika vazirligiga tayanib Ria Novosti. "Qozog`iston, Rossiya va O`zbekiston gaz tashish tizimlarining texnik imkoniyatlarini muhokama...02.12.2022, 09:10
Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin ikki kunlik tashrif bilan O`zbekistonga keldi. Siyosatchini uning hamkasbi Abdulla Aripov kutib oldi. Bu haqda Rossiya Federasiyasi hukumati matbuot xizmati...21.11.2022, 11:32
AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning to`ng`ich o`g`li Donald Jon Tramp Vashingtonning Kievga yangi yordam paketi uchun mablag` yig`ayotgani haqida hazil bilan chiqdi. Mem Instagramda joylashtirildi....11.10.2022, 12:19
Dushanba kunggi ommaviy raketa hujumlaridan so`ng, Putin Ukrainaga yangi zarbalar bilan tahdid qildi.Rossiya prezidenti Vladimir Putin strategik ahamiyatga ega Qrim ko`prigi portlatilganidan ikki kun o`tib,...