Toshkent shahrining Olmazor tumanida chaqiruv bo`yicha manzilgan borgan profilaktika inspetori o`ldirildi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 30 noyabr kuni soat 00:50 larda Olmazor tumani IIO Faoliyatini muvofiqlashtirish bo`limi profilaktika inspektori katta leytenant N.Bobomurotov tumanning «G`alaba» mahallasiga tezkor chaqiruv bo`yicha etib borgan. U xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida, muqaddam sudlangan 30 yoshli B.Z. xodimning hayotiga tajovuz qilib, voqea joyidan yashiringan.
N.Bobomurotov voqea joyida vafot etgan. Xodimning hayotiga tajovuz qilishda gumonlanayotgan shaxsni qo`lga olish choralari ko`rilmoqda.
Holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o`ldirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.