Joriy yilning 05 dekabr kuni soat 15:25larda Jondor tumanidagi “Oxshix” mahalla fuqarolar yig`ini, "Oxshix" qishlog`ida yashovchi 1986 yilda tug`ilgan N.U.ning xonadonida kuchli yong`in sodir bo`lgan. Bu haqda Buxoro viloyat prokuraturasi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, yong`in natijasida kelib chiqqan is gazidan o`tkir zaharlangan xonadon sohibi N.U. va uning turmush o`rtog`i 1988 y.t. N.T. hamda farzandlari 2011 y.t. N.O., 2015 y.t. M.O. va 2020 y.t. S.O.lar vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan JKning 259-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.