Yakkabog` tuman IIB boshlig`i birinchi o`rinbosari qo`l ostidagi xodimga qo`pol munosabatda bo`lgani aks etgan video tarqalmoqda.
Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati izoh berdi. Ma`lum qilinishicha, videotasvirdagi holatda joriy yilning 17 noyabr kuni Yakkabog` tumanida sodir bo`lgan YTHni surishtiruv ishlari jarayonida sodir bo`lgan.
1987 yilda tug`ilgan fuqaro Sh.M. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli 70U102UA bo`lgan transport vositasi bilan 1975 yilda tug`ilgan fuqaro O.L.ni urib yuborib YTH sodir etgan. Unda jabrlanuvchini tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingandan so`ng shu erda avtomashinani ko`zdan kechirish uchun mutaxassislar jalb qilingunga qadar qo`riqlovga olish uchun tuman IIB boshlig`i 1-o`rinbosari podpolkovnik A.Yangiev tuman IIB HPB profilaktika inspektori kapitan N.Samandarovga topshiriq berayotganida profilaktika inspektori rahbari bilan gap tortishgan.
Hozirda holat yuzasidan viloyat IIB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda, deyiladi xabarda.