Avval xabar qilganimizdek, O`zbekistonda AI-80 benzini uchun aksiz solig`i bekor qilindi. Shu chora qo`llanilganidan so`ng uning AYoQShlardagi narxi necha pul bo`ladi? Ushbu savolga O`zbekiston energetika vaziri o`rinbosari Sherzod Xodjaev javob qaytardi.
"AI-80 benzini uchun aksiz solig`i bekor qilinganidan so`ng AYoQShlarda binzen narxi 1000-1200 so`mgacha arzonlaydi. Ayni paytda AYoQShlarda bir litr benzin narxi 5500 so`mgacha pasayishi kutilmoqda. Ta`kidlashimiz kerak, birjaga chiqarilayotgan hajmlar ham ortganligi hamda birjada boshlang`ich narxdan 5 foizdan ortiq bo`lmagan holda narxi oshishi mumkinligini inobatga olgan holda 5500 so`mlik narx yaqin kunlarda biz AYoQShlarda ko`rishimiz mumkin bo`lgan narxdir", dedi vazir o`rinbosari.