Jahon chempionati yarimfinalidan o`rin olgan Fransiya – Marokash (2:0) o`yini yakunlanganidan keyin Evropa shaharlarida tartibsizliklar boshlandi. Final hushtagi yangragandan so`ng ijtimoiy tarmoqlarda Parij, Lans, Amsterdam va boshqa shaharlar markazidagi tartibsizliklar aks etgan videolavhalar paydo bo`la boshladi.
Katta g`alayonlar Fransiyaning Avignon va Nissa, shuningdek, Bryusselda qayd etilgan. Belgiya poytaxtida yashovchi marokashliklar uning uyini toshbo`ron qilgani uchun balkonidan Fransiya bayrog`ini olib tashlashga majbur bo`ldi.
Fransiyaning Monpele shahri markazida polisiya boshlangan tartibsizliklar sababli muxlislarni tarqatish uchun ko`zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatdi, deb xabar beradi Midi Libre gazetasi sayti.
Muxlislar o`rtasidagi to`qnashuvlar o`yin tugashidan oldin ham boshlandi. Komediyaning markaziy maydonida har ikki jamoa muxlislari pirotexnika vositalaridan foydalanishgan, voqeaga polisiya maxsus kuchlari CRS aralashgan.