Samarqandda 64 yoshli ayol avtobus urib ketishi natijasida voqea joyida vafot etdi (video)

Jamiyat 30.01.2023, 12:13
Teglar: Video, YTH, Avtobus, ​Samarqand
Samarqandda 64 yoshli ayol avtobus urib ketishi natijasida voqea joyida vafot etdi (video)

Samarqandda inson o`limi bilan bog`liq ayanchli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda

Ma`lum qilinishicha, 24 yanvar kuni soat 07:30 atrofida Samarqand shahar Bedil ko`chasida harakatlanib kelayotgan yo`lovchi avtobusi piyodani urib yubordi. Avtobus o`zi yo`nalishida kelayotgan paytda piyoda yo`lning belgilanmangan joyidan kesib o`tayotgan bo`lgan. YTH oqibatida 64 yoshli ayol olgan tan jarohati sabab voqea joyida halok bo`lgan.

"Ertalab ishni boshlashga ketayotgandim. Yugurib o`tib kelib qoldi, ko`rdim, tormoz bosdim, mashina sekin edi, lekin foydasi bo`lmadi. Fuqaroga birinchi yordam ko`rsatish bahonasida qaraganimda yurak urishi to`xtagandi. Tez yordam chaqirdim, ular ham joni uzilganini aytdi", — deydi haydovchi.

Holat bo`yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Sharhlar

⚡Chorvoqdan odam suyaklari topildi

28.03.2023, 08:58

27 mart kuni telegram-kanallarda Chorvoq suv omborida suv sathining pasayishi oqibatida yuzaga chiqib qolgan odam suyaklari aks etgan video tarqaldi. Video mualliflari tomonidan ushbu suyaklar bu...
Istanbulda turk erkak o`zi bilan birga yashab kelgan o`zbekistonlik 40 yoshli ayolni o`ldirib, bo`laklarga bo`lib, muzlatkichga solib qo`ydi (vieo)

24.03.2023, 19:56

Bahchelievlerda o`zi bilan birga yashagan 40 yoshli O`zbekiston fuqarosi Umida To`laganovani tosh bilan o`ldirib, jasadini bo`laklab, so`ng muzlatgichga qo`ygan 61 yoshli Riza Beler qo`lga olindi....
Istanbulda o`zbekistonlik erkak rashk sabab ayolni pichoqlab o`ldirdi (video)

15.03.2023, 12:05

Istanbulning Esenyurt tumanidagi turar joy kiraverishida o`zbekistonlik ayol rashk tufayli sevgilisi tomonidan avval kaltaklandi, keyin esa pichoqlandi. Og`ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga etkazilgan ayol vafot...
Toshkentdagi 91-maktabda trenddagi qo`shiqqa video olgan direktor va o`rinbosarlar ogohlantirildi (video)

14.03.2023, 13:50

Yakkasaroy tumanidagi 91-maktabda direktor va uning o`rinbosarlari mashhur "Za dengi da" qo`shig`iga qalbaki dollar sochgan holda olgan hazilomuz videosi tarqaldi. Holat yuzasidan Yakkasaroy tuman hokimligi munosabat bildirdi.  Ma`lum...