AsosiySport

O`zbekiston MTJga murabbiy bo`lgan Ektor Kuper endi Suriya terma jamoasini boshqaradi

'O`zbekiston MTJga murabbiy bo`lgan Ektor Kuper endi Suriya terma jamoasini boshqaradi'ning rasmi

Ektor Kuper Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi bo`ldi. Bu haqda Suriya terma jamoasining instagram sahifasida ma`lum qilindi.

Bungacha mazkur termani Hussam Al Said boshqarib kelayotgandi.

Avvalroq Karlush Keyrush bilan xayrlashgan Eron 67 yoshli Kuper nomzodini ko`rib chiqayotgani aytilgandi.

Ma`lumot o`rnida, argentinalik taniqli mutaxassis 2018 yilning avgustidan 2019 yilning sentyabr oyiga qadar O`zbekiston terma jamoasiga ustozlik qilgan. 

Shuningdek, u "Malorka", "Valensiya", "Inter", "Betis" va "Parma" klublarida, Gruziya, Misr hamda Kongo DR terma jamoalarida faoliyat yuritgan.

    Boshqa yangiliklar