Tojikistonlik narkokur`erlar tomonidan Namanganda yashirib ketilgan narkotik moddalar musodara qilindi — DXX (video)

Jamiyat 04.02.2023, 10:59
Teglar: Video, DXX
Tojikistonlik narkokur`erlar tomonidan Namanganda yashirib ketilgan narkotik moddalar musodara qilindi — DXX (video)

DXX tomonidan Farg`ona, Andijon va Samarqand viloyatlarida narkotik moddalar musodara qilindi, deya xabar berdi "darakchi.uz"ga DXX matbuot xizmati. 

Farg`ona viloyatining Oltiariq tumanida yashovchi, 1993 y.t. fuqaro o`zining jinoiy sherigi bo`lgan, Andijon viloyatining Xo`jaobod tumanida istiqomat qiluvchi, 1969 y.t. shaxs bilan, muqaddam tojikistonlik narkokur`erlar tomonidan kontrabanda yo`li bilan olib kelinib, Namangan viloyatining Pop tumani hududiga yashirib ketilgan 1 kg 841 gr. “gashish” moddasini qabul qilib olib, yo`lovchi avtomashinada Oltiariq tumanida harakatlanayotgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmatining Farg`ona viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlandi. Ta`kidlash lozimki, mazkur fuqarolar muqaddam sodir etgan o`g`irlik jinoyatlari uchun sudlanib, jazo muddatini o`tagan bo`lsalarda, o`z xatolaridan to`g`ri xulosa chiqarishmagan. 

DXX xodimlari tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda esa Marg`ilon shahrida yashovchi, 1975 y.t. fuqaro Qirg`iz Respublikasidan olib kelingan 964 gr. “gashish” moddasini 8 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ushlandi.

Bu yo`nalishda DXX Andijon viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari ham viloyat IIB bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazishdi. Xususan, Buloqboshi tumanida yashovchi, 1996 va 1998 yillarda tug`ilgan ikki fuqaro Xo`jaobod tumanida 630 gr. “gashish” moddasini 5800 AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Ushbu holatda ajal og`usi Qirg`iz Respublikasidan aylanma yo`llar orqali Xo`jaobod tumani hududiga o`tkazilgan.

Samarqand shahrida kuzatilgan holatda esa Toyloq tumanida yashovchi, 1961 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bog`liq jinoyati uchun sudlangan fuqaro 352 gr. “opiy” moddasini 5 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo va Samarqand viloyatlari bo`yicha boshqarmalari hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan qo`lga olindi. Aniqlanishicha, ushbu narkotik modda Tojikiston Respublikasidan olib kelingan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

⚡Chorvoqdan odam suyaklari topildi

28.03.2023, 08:58

27 mart kuni telegram-kanallarda Chorvoq suv omborida suv sathining pasayishi oqibatida yuzaga chiqib qolgan odam suyaklari aks etgan video tarqaldi. Video mualliflari tomonidan ushbu suyaklar bu...
Istanbulda turk erkak o`zi bilan birga yashab kelgan o`zbekistonlik 40 yoshli ayolni o`ldirib, bo`laklarga bo`lib, muzlatkichga solib qo`ydi (vieo)

24.03.2023, 19:56

Bahchelievlerda o`zi bilan birga yashagan 40 yoshli O`zbekiston fuqarosi Umida To`laganovani tosh bilan o`ldirib, jasadini bo`laklab, so`ng muzlatgichga qo`ygan 61 yoshli Riza Beler qo`lga olindi....
Istanbulda o`zbekistonlik erkak rashk sabab ayolni pichoqlab o`ldirdi (video)

15.03.2023, 12:05

Istanbulning Esenyurt tumanidagi turar joy kiraverishida o`zbekistonlik ayol rashk tufayli sevgilisi tomonidan avval kaltaklandi, keyin esa pichoqlandi. Og`ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga etkazilgan ayol vafot...
Toshkentdagi 91-maktabda trenddagi qo`shiqqa video olgan direktor va o`rinbosarlar ogohlantirildi (video)

14.03.2023, 13:50

Yakkasaroy tumanidagi 91-maktabda direktor va uning o`rinbosarlari mashhur "Za dengi da" qo`shig`iga qalbaki dollar sochgan holda olgan hazilomuz videosi tarqaldi. Holat yuzasidan Yakkasaroy tuman hokimligi munosabat bildirdi.  Ma`lum...