AsosiySavol-javob

Uy sharoitida “banka yopish” xavflimi?

Ko`pchilik oilalar kabi biz ham uyimizda turli meva va sabzavotlarni bankaga yopganmiz. Lekin yaqinda xonadonlarga tekshiruvchilar kelib, konserva mahsulotlarimizni ko`zdan kechirishib, uy sharoitida bankaga mahsulotlar yopish mumkin emasligini aytishdi. Ayrimlarniki o`ta sifatsiz va yaroqsiz deb topilib, to`kib tashlandi. Ayting-chi, rostdan ham uyda “yopilgan banka”dan botulizm kasalligi yuzaga kelishi mumkinmi? Aynigan mahsulotni qanday aniqlasa bo`ladi? Shular haqida to`liqroq ma`lumot bersangiz...

Madina Rahimova, Kitob tumani

Haqiqatdan ham ayni paytda sabzavotlardan turli tuzlamalar qilish mavsumi deyish mumkin. Biroq, shuni esdan chiqarmaslik kerakki, qish uchun emak g`amlayman, ro`zg`orga foyda keltiraman deb, noto`g`ri bajarilgan bir amal bilan butun boshli oila sog`ligini xavfga qo`yish hech gapmas. Shundan va yuqoridagi murojaatdan kelib chiqib, bu boradagi savollarga soha mutaxassisi orqali oydinlik kiritamiz.

120-125 gradusli strelizasiyani uyda bajarib bo`lmaydi!

Dildora Mirboboeva, Respublika DSENM OAV va jamoatchilik bila ishlash bo`limi mudiri:
—  Konserva mahsulotlari tayyorlashda zarur texnologik jarayonlar, ya`ni konserva zavodlaridagi kabi yuqri bosim ostida,  120-125 gradus issiqlikda o`tkaziladigan sterilizasiya jarayonini uy sharoitida bajarib bo`lmaydi. Bundan esa botulizmga chalinish xavfi yuqori bo`ladi. Botulizm bu ovqatdan zaharlanishning bir muncha og`ir va asorat qoldirishi bo`yicha ko`rsatkichi yuqori bo`lgan turi hisoblanadi. U kislorodsiz sharoitda rivojlanadi va o`zidan zahar ishlab chiqaradi.

Mavzu yuzasidan o`zingizni qiziqtirgan savollarga “Darakchi” gazetasining payshanba kuni sotuvga chiqadigan yangi 39-sonida javob olishingiz mumkin.

Boshqa yangiliklar