AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda Haj va Umra ziyoratlariga online navbatga yozilish imkoni yaratildi

Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ma’lum qildi.

'O‘zbekistonda Haj va Umra ziyoratlariga online navbatga yozilish imkoni yaratildi'ning rasmi

O‘zbekistonda haj va umra ziyoratlarini tashkil etish jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida yangi “Haj va Umra yagona portali” ishga tushirildi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, talabgor fuqarolar www.my.gov.uz yoki haj-umra.gov.uz saytlari orqali online ariza topshirib, navbatga yozilishlari mumkin.

Qo‘mitaga ko‘ra, yangi tizimning joriy etilishi ziyoratchilarga qulaylik yaratish, shaffoflikni ta’minlash va navbat shakllanishida inson omilini kamaytirishga qaratilgan. Shuningdek, hujjatlarni yig‘ish, qog‘ozbozlik va tashkilotlarga borib kelish kabi byurokratik jarayonlar barham topadi.

Portal orqali fuqarolar haj va umra safariga oid barcha ma’lumotlarni olish, ariza holatini kuzatish va elektron navbatdagi o‘rni haqida ma’lumot olish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar.

    Boshqa yangiliklar