AsosiySport

Jurgen Klopp "Liverpul"ga qaytishi mumkin

Mutaxassislarning aytishicha, bu nazariy jihatdan istisno emas.

'Jurgen Klopp "Liverpul"ga qaytishi mumkin'ning rasmi

Angliyaning "Liverpul" klubi sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp kelajakda Mersisaaydliklar klubini yana boshqarishi mumkinligini ma'lum qildi. Bu haqda ESPN xabar berdi.

"Men Angliyada boshqa jamoada boshqarmasligimni aytganman. Demak, agar qaytishim mumkin bo'lsa, bu faqat 'Liverpul' bo'ladi. Ha, nazariy jihatdan bu mumkin", — dedi Klopp "Diary of a CEO" podkastida.

Shu bilan birga, mutaxassis hozircha murabbiylikka qaytishni istamasligini ta'kidladi. Ayni vaqtda u Red Bull futbol tizimida global futbol bo'yicha rahbar sifatida ishlab kelmoqda.

"Murabbiylikni sog'inmayapman. 1080 ta o'yinda ishladim — bu yetarli. Endilikda haftasiga bir necha matbuot anjumani, yomg'irda uch soat turish istagi yo'q", — deya qo'shimcha qildi Klopp.

U shuningdek, jamoaning yangi murabbiyi Arne Slot bilan muntazam aloqada ekanligini va uning ish uslubini yuqori baholashini aytdi.

Ma'lumot uchun, Klopp 2015–2024 yillarda "Liverpul"ni boshqarib, klub bilan Chempionlar ligasi va Premer-liga kabi yirik sovrinlarni qo'lga kiritgan edi.

    Boshqa yangiliklar