“Barselona” jamoasi ustozi Luis Enrike “Borussiya M”ga qarshi (2:1) EChL 2-turidan keyin klub yarim himoyachisi Arda Turanning o`yinidan mamnun ekanini aytib o`tdi.
“Turanning o`yinidan o`tgan mavsum ham mamnun bo`lganman. U “Barselona”ga o`tgan sharoitida klubga kirishib ketish oson emas. Arda o`z uslubidagi o`yinni namoyish qilmoqda”, – dedi Luis Enrike.
Eslatib o`tamiz, Arda Turan o`tgan mavsum boshida “Atletiko”dan “Barselona”ga o`tgandi. Ammo FIFA taqiqi tufayli 2016 yilning yoziga qadar kataloniyaliklar safida to`p sura olmagandi.