AsosiyDunyo
2539

Tojikistonda 4,1 magnitudali zilzila sodir bo`ldi

'Tojikistonda 4,1 magnitudali zilzila sodir bo`ldi'ning rasmi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, 22 mart Toshkent vaqti bilan 19:05 da (22.03.2023 yil, Grinvich bo`yicha 14:05 da) Tojikistonda zilzila sodir bo`ldi.  

Zilzila koordinatalari: 37,13 gradus shimoliy kenglik; 72,54 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,1. Chuqurlik 248 km. Zilzila episentri Toshkentdan 542 km janubiy-sharqda.

Eslatib o`tamiz, kecha O`zbekistonning deyarli barcha hududlarida 5-6 balli zilzila qayd etilgan edi. Zilzila episentri Afg`oniston edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar