1

O`zbekistonda aprel oyida qanday ob-havo kuzatiladi?

Jamiyat 30.03.2023, 18:40
O`zbekistonda aprel oyida qanday ob-havo kuzatiladi?

O`zgidromet bahorning ikkinchi oyida kuzatiladigan ob-havo haqida batafsil ma`lumot berdi.

aprel oyida o`rtacha havo harorati me`yor atrofida, ba`zi joylarda o`rtacha yillik qiymatlardan biroz ko`p bo`ladi. Aprel oyida yog`ingarchilik kam, ba`zi joylarda me`yor atrofida bo`lishi kutilmoqda.

Oy quruq va iliq ob-havo bilan boshlanadi. 1 aprel kuni O`zbekistonning barcha hududlari bo`yicha havo kam bulutli bo`ladi, kunduzgi harorat mart oyining oxirgi kunlari kabi +22...+27 daraja atrofida, ya`ni me`yordan 5-8 darajaga yuqori bo`ladi.

2-7 aprel kunlari respublika bo`yicha beqaror ob-havo bo`lishi kutilmoqda, ba`zi joylarda shamol shiddatli kuchayishi bilan qisqa muddatli, momaqaldiroqli yomg`ir yog`adi. Ko`pincha bahorda bo`lgani kabi, yomg`irning hudud bo`yicha tarqalishi va jadalligi juda rang-barang, yomg`irning jadalligi birozdan o`rtachagacha bo`ladi.

Kunduzgi havo harorati yomg`ir paytida +5...+7 darajaga pasayadi. Aprel oyining birinchi o`n kunligi oxirida asosan yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda va havo harorati yana ko`tarila boshlaydi.

O`zgidrometning dastlabki prognoziga ko`ra, aprel oyining ikkinchi va uchinchi o`n yillikda harorat kechalari +7...+12 darajadan +12...+17 darajagacha, kunduz kunlari +20...+25 darajadan +27...+32 darajagacha o`zgarib turishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1