Pastdarg`om tumanida 31 yoshli ayol 33 yoshli erkakdan tovlamachilik yo`li bilan pul talab qildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, erkak 2022 yil fevral oyida ayolning xonadoniga dori olib borganida tanishib qolgan va u bilan yaqin aloqada bo`lib kelgan. 2022 yil avgust oyida ularning oralariga sovuqchilik tushadi. Natijada aloqalar uzilib, uchrashuvlar to`xtagan. 2022 yil dekabr oyiga kelib ayol erkakka tez-tez qo`ng`iroq qilib, u bilan aloqada bo`lgan davrlaridagi video va suratlari borligini aytib, ushbu videolarni, shuningdek oralarida bo`lgan yozishmalarni erkakning xotiniga ko`rsatish bilan qo`rqitgan. Joriy yil mart oyida esa aytilgan pullarni bermasa, barchasini uning rafiqasiga ko`rsatish va oilasini buzib yuborish bilan tahdid qilib, 15 ming AQSh dollari pul talab qilgan.
Mazkur holat yuzasidan 2023 yil 11 aprel kuni Samarqand viloyati IIB tezkor guruhi tomonidan arizachidan 6 ming AQSh dollari olayotgan ayol qo`lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
13.09.2023, 11:02
Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol o`tkazib...07.09.2023, 13:15
Terrorchilik tashkilotlaridan biriga rahbarlik qilgan O`zbekiston fuqarosi Suriyadagi janglardan birida halok bo`ldi. Bu haqda Toshkent shahri IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, 1972 yilda tug`ilgan...06.09.2023, 10:12
Kecha, 4 sentyabr kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumanida noma`lum shaxs pod`ezdga kirib ketayotgan qizga hujum qilgani haqida xabar qilingan edi. Ayni paytda Toshkent shahar IIB...31.08.2023, 12:47
Bugun, 31 avgust kuni soat 03:53 larda Kitob Dehqon oziq-ovqat bozori hududidagi savdo do`konlaridan birida yong`in sodir bo`layotgani to`g`risida xabar kelib tushdi, deya xabar bermoqda...