Nodirbek Abdusattorov ChessKid Cup-2023 turnirining Grand finaliga yo`l oldi.
1-divizionda 8 nafar kuchli shaxmatchilar dona surishdi, jumladan Hikaru Nakamura, Fabiano Karuana, Alirizo Firuzja va boshqalar.
Nodirbek Grand finalgacha Jyul Mussar, Fabiano Karuano hamda Yorden van Forestni mag`lub etdi.
Endi u Grand finalda o`z raqibini kutadi. Nodirbekdan mag`lub bo`lgan 3 nafar shaxmatchi yana saralashda qatnashadi va ularning bittasi Grand finalga chiqadi.
Turnirda 1-o`rinni olgan shaxmatchi 30 ming, 2-o`rinni olgan shaxmatchi 20 ming AQSh dollarini qo`lga kiritadi.
Ma`lumot uchun, ChessKid Cup-2023 bu Chempionlar turniriga kiruvchi 3-musobaqadir. Mukofot jamg`armasi 2 mln dollarni tashkil qiladigan The Champions Chess Tour jami 6 ta saralash turnirdan iborat. Saralash turnirlarda g`olib bo`lganlar yil oxirida Superfinalga chiqishadi.