AsosiyMadaniyat
1692

O`zbekistonda ommaviy tadbirlar tashkil etish xususiy sektorga o`tkaziladi

'O`zbekistonda ommaviy tadbirlar tashkil etish xususiy sektorga o`tkaziladi'ning rasmi

Prezident farmoni bilan O`zbekistonda ommaviy tadbirlar tashkil etish xususiy sektorga o`tkaziladi.

Shavkat Mirziyoevning “Ma`muriy islohotlar doirasida madaniyat va turizm sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoni e`lon qilindi. Unga ko`ra, 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab aholining madaniy hayotini yanada mazmunli tashkil etish, ayniqsa, yoshlarni madaniyat va san`atga keng jalb qilish uchun madaniyat markazlarida:

  • bosqichma-bosqich zamonaviy jihozlangan kutubxonalar va kinoteatrlar tashkil etiladi;
  • musiqa cholg`uchiligi va ashula ijrochiligi bo`yicha pullik maxsus kurslarda o`qitish tizimi joriy etiladi;

Shuningdek, 2024–2026 yillarda xalqaro festivallar, forumlar va respublika darajasidagi madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o`tkazish ishlari bosqichma-bosqich xususiy sektorga o`tkaziladi. 

Madaniyat vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu farmondan kelib chiqadigan o`zgartirish va qo`shimchalar to`g`risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritishi belgilandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar