1

O‘zbekistonda Turk dunyosining madaniyat poytaxti Shusha shahri uchun pochta markasi muomalaga chiqarildi

Madaniyat 15.09.2023, 10:26
O‘zbekistonda Turk dunyosining madaniyat poytaxti Shusha shahri uchun pochta markasi muomalaga chiqarildi

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi 2023-yilning yana bir muhim voqeasi – Shusha shahrining turkiy dunyoning madaniy poytaxti deb e’lon qilinishi munosabati bilan O‘zbekistonda Shushaga bag‘ishlangan maxsus esdalik pochta markasini chiqarish loyihasini amalga oshirdi.

O‘zbekistonning tegishli davlat idoralari tomonidan “Ozarbayjonning qadimiy Shusha shahri Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti” nomli pochta markasini chiqarish loyihasi qo‘llab-quvvatlandi va pochta markasini O‘zbekiston Markaziy pochta bo‘limi tomonidan ichki va xalqaro muomalaga chiqarish rejalashtirilgan.

Maxsus ishlab chiqilgan pochta markasida Shusha qal’asi, Ozarbayjon bayrog‘i tasviri, Qorabog‘ning maftunkor tabiati – Shusha, tumanga burkangan mahobatli tog‘lar, jahonga mashhur mutafakkirlar, shoirlar, Shushalik taniqli insonlar, viloyat va shaharga tog‘lardek obro‘ va shon-shuhrat keltirgan, milliy madaniyatni aks ettiruvchi zarblar, milliy cholg‘u asboblari (gaval, tor, kamon), shuningdek, “Xaribulbul” gulining rasmiy qiyofasi o‘z aksini topgan.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Shusha shahri TURKSOY tomonidan Turk dunyosining madaniy poytaxti deb e’lon qilingani munosabati bilan Xalqaro Turk madaniyati va merosi jamg‘armasi ko‘magida O‘zbekistonda Shusha kunlari tadbirlari o‘tkazildi va ikki davlat Madaniyat vazirliklarida boshqarmalar tashkil etildi, Vikipediyada Shusha haqida oʻzbek tilida boʻlimlar yaratildi, O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari vakillarining Qorabog‘-Shushaga media-sayohatlari uyushtirildi va tez orada shahar haqida bir qancha yetakchi tillarda qomusiy nashr chop etiladi. Mazkur maʼlumotlarda qayd etilgan loyihalar yil oxirigacha davom etishi taʼkidlangan.

Qayd etilishicha, “Ozarbayjonning qadimiy Shusha shahri – Turkiy dunyoning madaniy poytaxti” nomli pochta markasi O‘zbekiston va Ozarbayjon muzeylariga, ikki respublikaning davlat va hukumat vakillariga yuboriladi, shuningdek, pochta markalarini taqdim etish marosimlari Toshkent va Bokuda bo‘lib o‘tadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1