1

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o`zgarishsiz qoldirdi

Iqtisodiyot 26.10.2023, 13:23
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o`zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank boshqaruvi 26 oktyabrdagi yig`ilishda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o`zgarishsiz qoldirish to`g`risida qaror qabul qildi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar qildi.

Regulyatorning qayd etishicha, iqtisodiyotdagi inflyasion jarayonlar va kutilmalar yilning birinchi yarim yilligidagi pasayishdan so`ng, mahsulotlar taklifidagi o`zgarishlar va inflyasion talab omillari fonida bir oz tezlashishi kuzatilgan.

Asosiy stavkaning joriy darajasi yil oxiriga qadar inflyasiyaning prognoz ko`rsatkichlari doirasida shakllanishi uchun zaruriy pul-kredit sharoitlarini ta`minlashga xizmat qiladi.

Umumiy inflyasiya yil boshidan pasayuvchi dinamikada shakllanib oxirgi chorakda 9,2 foizgacha tezlashgan. Inflyasiya o`sishining tarkibiy omillari qatorida oziq-ovqat narxlarining 11 foizgacha tezlashishi, meva-sabzavotlar va tartibga solinadigan narxlar o`zgarishining umumiy inflyasiyadagi hissasi ortishi bilan izohlanmoqda.

Bazaviy inflyasiya yil boshidan pasayib sentyabrda 10,3 foizni tashkil qilgan. Aholi va tadbirkorlarning kelgusi 12 oylik inflyasion kutilmalari avgust oyidagi o`sishdan so`ng mos ravishda 13,5 va 14,2 foizgacha pasaygan. Iqtisodiyotdagi kutilmalar qisqa muddatli shoklarga yuqori ta`sirchan bo`lib qolmoqda.

“Global inflyasion jarayonlarning davomiyligi bo`yicha noaniqliklar saqlanib qolmoqda. Asosiy savdo hamkorlardagi inflyasiya darajasi va almashuv kurslarining joriy dinamikasidagi vaziyat so`mning real samarali almashuv kursini mustahkamlanishiga bosimlarni kuchaytirmoqda”, — deyiladi xabarda.

Ta`kidlanishicha, ijobiy real foiz stavkalari depozit bozorining chakana segmentida yuqori faollikni ta`minlamoqda. Sentyabr oyida aholining milliy valyutadagi muddatli depozitlari bo`yicha o`rtacha tortilgan foiz stavkalari 21,1 foizni tashkil etib, 1 oktyabr holatiga muddatli depozitlar qoldig`ining yillik o`sishi 47,1 foizni, jumladan, jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari o`sishi 52,3 foizni tashkil etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1