AsosiySiyosat

Toshkent – Samarqand yo‘nalishida yangi zamonaviy avtomagistral qurish loyihasi ko‘rib chiqildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev transport infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan yirik loyihalar doirasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

'Toshkent – Samarqand yo‘nalishida yangi zamonaviy avtomagistral qurish loyihasi ko‘rib chiqildi.'ning rasmi

Toshkent – Samarqand yo‘nalishida yangi zamonaviy avtomagistral qurish loyihasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati rahbari ma’lum qildi.

Unda qayd etilishicha, ushbu yo‘lning umumiy uzunligi 282 kilometrni tashkil etadi. Shundan 140 kilometrlik uchastkalarda tuproqni mustahkamlash ishlari amalga oshiriladi.

Loyiha doirasida 12 ta transport yechimi, 91 ta ko‘prik va 16 ta yo‘l o‘tkazgich qurilishi ko‘zda tutilgan.

Besh yil davomida qurilishi rejalashtirilayotgan mazkur yo‘l Ia toifali, ya’ni avtomobil yo‘llarining eng yuqori texnik va xavfsizlik standartlariga javob beradigan magistral bo‘ladi.

Unda har biri 3,75 metr kenglikdagi sement-beton qoplamali oltita harakat tasmasi barpo etiladi. Yo‘lning loyihaviy tezligi soatiga 150 kilometr etib belgilanadi.

    Boshqa yangiliklar