1

O`zbekistondagi banklarga kiberhujum qilinib, HUMO kartalaridagi pullar echib olinayotgani haqidagi xabarlarga izoh berildi

Iqtisodiyot 14.11.2023, 15:03
O`zbekistondagi banklarga kiberhujum qilinib, HUMO kartalaridagi pullar echib olinayotgani haqidagi xabarlarga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda xakerlar O`zbekistondagi banklarga kiberhujum qilgani, Humo bank kartalaridan pullar echib olinayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Darakchi.uz holatga aniqlik kiritish uchun Markaziy bank matbuot kotibi Akmal Nazarov bilan bog`landi.

Unga ko`ra, ushbu ma`lumotlar yolg`on va haqiqatga to`g`ri kelmaydi. HUMO to`lov tizimi barcha xavfsizlik talablariga javob beradi va tizimga bevosita hech qanday kiberhujum sodir bo`lmagan.

“Ijtimoiy tarmoq faollaridan tekshirilmagan va yolg`on ma`lumotlarni tarqatmasliklarini so`raymiz. Eslatib o`tamiz, aholi o`rtasida yolg`on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud”, deydi Akmal Nazarov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1