1

Qaysi hududdagi korxonalarning soliq qarzdorligi eng ko`p ekani ma`lum qilindi

Iqtisodiyot 18.11.2023, 11:31
Qaysi hududdagi korxonalarning soliq qarzdorligi eng ko`p ekani ma`lum qilindi

Soliq qo`mitasi matbuot xizmati soliq qarzdorligi yuqori bo`lgan ikkita soha bo`yicha ma`lumotlarni taqdim etdi. 

Unga ko`ra, qurilish korxonalarining soliq qarzi 599 mlrd so`mni tashkil etgan.

2023 yil 1 sentyabr holatiga qurilish sohasida soliq qarzi (100 mln so`mdan yuqori) mavjud bo`lgan korxonalar soni 982 ta bo`lib, ularning jami soliq qarzi 599 mlrd so`mni tashkil etgan. Shundan 156,2 mlrd so`mi, ya`ni 26,2 %i 10 ta korxona hisobiga to`g`ri keladi.

Hududlar kesimida korxonalarning soliq qarzdorligi ko`rsatkichlari – TOP-3:

-Toshkent shahri – 141 mlrd so`m;

-Yirik soliq to`lovchilar bo`yicha HSI – 121,7 mlrd so`m;

-Qashqadaryo viloyati – 48,3 mlrd so`m.

Shuningdek, ishlab chiqarish korxonalarining soliq qarzi 570 mlrd so`mdan oshdi.

2023 yil 1 sentyabr holatiga ishlab chiqarish sohasida soliq qarzi (100 mln so`mdan yuqori) mavjud korxonalar soni 753 ta bo`lib, ularning jami qarzdorligi – 570,4 mlrd so`m. Shundan 99,9 mlrd so`mi, ya`ni 17,5 %i soliq qarzi eng ko`p bo`lgan 10 ta korxona hisobiga to`g`ri keladi.

📊Hududlar kesimida ishlab chiqarish korxonalarining soliq qarzdorligi ko`rsatkichlari – TOP-3:

📍Yirik soliq to`lovchilar bo`yicha HSI – 98,4 mlrd so`m;

📍Toshkent viloyati – 77,4 mlrd so`m;

📍Andijon viloyati – 58,2 mlrd so`m.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1