1

O`zbekiston Qirg`izistondan kartoshka sotib oladi

Iqtisodiyot 21.11.2023, 09:35
O`zbekiston Qirg`izistondan kartoshka sotib oladi

Qirg`izistonning O`zbekistondagi savdo vakolatxonasi Almaz Temirbekov boshchiligida yirik Norin va Issiqko`ldan sifatli kartoshka eksport qilish bo`yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, tomonlar nafaqat yuqori sifatli mahsulotlar, balki raqobatbardosh narxlarni ham ta`minlaydigan o`zaro manfaatli shartlar bo`yicha kelishib oldi.

Birinchi etkazib berishning umumiy hajmi taxminan 1 ming tonna kartoshkani tashkil etadi. Birinchi partiya laboratoriya tekshiruvidan so`ng yuboriladi.

“Ushbu hamkorlik nafaqat mamlakatlar o`rtasidagi muvaffaqiyatli munosabatlarni yoritibgina qolmay, balki savdo-iqtisodiy sohalarda uzoq muddatli sheriklik uchun zamin yaratadi. Qirg`iziston mintaqaviy aloqalarni mustahkamlashga qo`shgan hissasi bilan faxrlanadi va xalqaro savdoda yangi istiqbollarni kutadi”, — deya qayd etdi Qirg`iziston Savdo-sanoat palatasi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1