1

O`zbekistonda er va mol-mulk solig`idan qarzdor fuqarolarga SMS yuborilmoqda

Iqtisodiyot 23.11.2023, 09:11
O`zbekistonda er va mol-mulk solig`idan qarzdor fuqarolarga SMS yuborilmoqda

Jismoniy shaxslar er va mol-mulk solig`ini teng ikkiga bo`lgan holda, yarmini 15 aprelgacha qolgan yarmini 15 oktyabrga qadar to`lashi belgilangan, deya xabar bermoqda Soliq qo`mitasi matbuot xizmati. 

Qayd etilishicha, er va mol-mulk soliqlarini to`lashni unutmang. O`z vaqtida to`lanmagan soliqlar uchun penya hisoblanadi.

Soliqlarni o`z vaqtida to`lamagan fuqarolarga Soliq_uz manzilidan yoki 6079 raqamidan SMSlar yuborilmoqda. SMSda "Batafsil" hamda "To`lash" havolalari bor.

- "Batafsil"da to`lov xabarnomasi yuklab olinadi. Xabarnomadan ob`ekt manzili, maydoni, kadastr qiymati, soliq stavkasi, summasi, soliq organi mas`ul xodimi aloqa raqami va boshqa ma`lumotlar o`rin olgan.

- "To`lash"da esa "Soliq" mobil ilovasi joylashgan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga o`rnatilgan bo`lsa ilovaning “Soliqlarni to`lash” oynasidan to`lovni tez va oson amalga oshirish mumkin. O`rnatilmagan bo`lsa plaftorma orqali yuklab olinadi.

To`lov xabarnomasida ko`rsatilgan ko`chmas mulk maydoni, kadastr qiymati, er uchastkasi egallagan maydon to`g`risidagi ma`lumotlar haqiqatda mavjud ob`ekt va er maydonidan farq qilsa yoki sizga tegishli bo`lmasa kadastr idoralariga murojaat qilish lozim.

Shuningdek, er va mol-mulk soliqlaridan imtiyoz olish uchun hujjat mavjud bo`lib, soliq imtiyozi qo`llanilmagan bo`lsa my.soliq.uz sayti orqali, shuningdek ko`chmas mulk joylashgan erdagi soliq organiga soliq imtiyoziga bo`lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish orqali imtiyozdan foydalanish mumkin.

❗️E`tibor bering: "Soliq" mobil ilovasi orqali soliq to`langanda hech qanday kod so`ralmaydi. Firibgarlardan ehtiyot bo`ling.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1