AsosiyIqtisodiyot
4567

Buyuk Britaniya Rossiyaga ehtiyot qismlarini olib kirishda vositachi bo`lgan O`zbekiston kompaniyasiga sanksiya kiritdi

'Buyuk Britaniya Rossiyaga ehtiyot qismlarini olib kirishda vositachi bo`lgan O`zbekiston kompaniyasiga sanksiya kiritdi'ning rasmi

Buyuk Britaniya Rossiyaga ehtiyot qismlarini olib kirishda vositachi bo`lgan O`zbekistonning Mvizion kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi. Bu haqda hukumat hujjatida ma`lum qilindi.

Bundan tashqari, Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro`yxatini kengaytirdi va unga 45 nafar jismoniy va yuridik shaxslarni kiritdi. Cheklovlarga nafaqat Rossiya tashkilotlari, balki xorijiy kompaniyalar ham uchragan. Jumladan, ro`yxatga BAAning to`rtta, Xitoyning uchta, Turkiyaning Smart Trading Limited, Serbiyaning Avio Chem, O`zbekistonning Mvizion kompaniyalari kirgan. London bu kompaniyalarni Rossiyaga harbiy texnika va butlovchi qismlar etkazib berishda ayblagan. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar