1

O`zbekiston uchta nominasiya bo`yicha YuNESKOning reprezentativ ro`yxatiga kiritildi

Madaniyat 07.12.2023, 21:19
O`zbekiston uchta nominasiya bo`yicha YuNESKOning reprezentativ ro`yxatiga kiritildi

YuNESKO Hukumatlararo qo`mitasining 2023 yil 6 dekabrda bo`lib o`tgan  XVIII sessiyasida O`zbekiston muhim muvaffaqiyatni qo`lga kiritdi: bir vaqtning o`zida uchta nominasiya Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro`yxatiga kiritildi.

“O`zbekistonda kulolchilik san`ati” nomzodlik to`plami baholash komissiyasining eng yuksak olqishiga sazovor bo`ldi. Bu hunarmandchilikning chuqur tarixi, kulolchilik sohasidagi bilimlarni bezavol etkazish hamda ushbu san`at turini asrab-avaylashda yoshlarning faol ishtirokiga urg`u beradi.

Eron, Ozarbayjon, Tojikiston va Turkiya hamkorligida “Bezak san`ati: naqqoshlik”, “Iftor va uning ijtimoiy-madaniy an`analari” nominasiyalari taqdim etildi.  

Yangi nominasiyalar sharofati bilan O`zbekiston bashariyat tamadduni uchun ahamiyati e`tirof etilgan 15 ta nomoddiy meros YuNESKO muhofazasida ekanidan faxrlanadi. Bu boy madaniy merosni xalqaro darajada targ`ib etish va himoya qilishda muhim qadamdir, deyiladi Madaniyat va san`atni rivojlantirish agentligi xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1