1

Farg`ona neftni qayta ishlash zavodi benzin ishlab chiqarishni ikki baravar oshirmoqda

Iqtisodiyot 11.12.2023, 10:56
Farg`ona neftni qayta ishlash zavodi benzin ishlab chiqarishni ikki baravar oshirmoqda

Farg`ona neftni qayta ishlash zavodi 11 dekabrdan boshlab AI-80 va AI-92 benzinlarining umumiy ishlab chiqarish hajmini kuniga 1000 tonnagacha oshiradi. Bu haqda FNQIZ matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, avtomobil dvigatellari yuqori sifatli va sovuqqa chidamli yoqilg`i talab qiladigan palla - qish mavsumida yoqilg`iga tobora ortib borayotgan talabga javoban ana shunday strategik qaror qabul qildi. Benzin ishlab chiqarish hajmining oshirilishi yoqilg`i bozorida barqaror taklifni ta`minlab, zavodga qish mavsumida iste`molchilar talabini samarali qondirish imkonini beradi.

"Saneg" kompaniyasi bosh direktorining neftni qayta ishlash bo`yicha o`rinbosari Habib Latipov benzin ishlab chiqarish hajmining oshirilishi zavodda amalga oshirilayotgan modernizasiya doirasidagi yangi texnologik echimlar samarasi bo`lib, aholini arzon yoqilg`i bilan ta`minlashga qaratilganini alohida ta`kidladi.

"Bugungi kunda zavod texnologik jarayonlarning yangi bosqichiga chiqmoqda, uskunalarning optimal ish parametrlarini belgilamoqda. Benzin ishlab chiqarish hajmining o`sishi ham erkin bozor narxini shakllantirishga xizmat qiladi”, - dedi Latipov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1