1

O`zbekistonda nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchilar har oy rag`batlantiriladi

Madaniyat 28.12.2023, 11:13
O`zbekistonda nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchilar har oy rag`batlantiriladi

“Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o`rganish va targ`ib qilishni rivojlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi prezident qarori qabul qilindi

Qarorga ko`ra, 2024 yil 1 apreldan noyob va (yoki) yo`qolib ketish xavfi ostida bo`lgan nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi 20 nafar shaxs aniqlanib, ularga ko`maklashiladi hamda faoliyatini baholash ko`rsatkichlari belgilab beriladi.

Ushbu ko`rsatkichlarni bajargan nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi shaxslar har oyda 5 million so`m miqdorida rag`batlantirib boriladi. Alohida ahamiyatga ega nomoddiy madaniy meros namunalarini yozib olish va keng tarqatish uchun har yili 50 ta audiovizual asar yaratishga davlat buyurtmasi beriladi.

Qarorga asosan, nomoddiy madaniy meros namunalarini “tayyorlash–o`rgatish–tiklash–ommalashtirish” yaxlit uzluksiz tizim asosida rivojlantiriladi. Nomoddiy madaniy meros namunalarini kompleks rivojlantirish bo`yicha ilmiy-amaliy va ijodiy maktablar faoliyati yo`lga qo`yiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1