Ozarbayjonda O`zbekiston fan va madaniyatikunlari boshlandi. Tantanali madaniy tadbirlar Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi M.Fuzuliy nomidagi Qo`lyozmalar institutida O`zbekistonga oid qo`lyozmalarga bag`ishlangan noyob ko`rgazma hamda «O`zbekiston va Ozarbayjon: madaniyatlar muloqoti» mavzusidagi davra suhbati bilan ochildi.
Ko`rgazma haqida gapirganda, institut ilk bor o`zkolleksiyasining mutlaq durdonalarini taqdimetganini alohida ta`kidlash lozim. Ko`rgazmadan Ibn Sinoning 1258 yilda nusxa ko`chirilgan va YuNESKO qo`lyozma merosi ro`yxatiga kiritilgan«Tib qonunlari» asari, Alisher Navoiyning hayotligida uning dastxati bilan chop etilgan «G`aroyib us-sig`ar» devoni, XVII asrga oid «Boburnoma» va boshqa o`nlab nodir qo`lyozmalar joy oldi.
«O`zbekiston madaniy merosi Ozarbayjon to`plamlarida» yangi kitob-albomi taqdimotida Ozarbayjon tarixi milliy muzeyi rahbari akademik Noila Velixonli, Ozarbayjon Milliy san`at muzeyi va Milliy gilam muzeyi rahbari doktor Shirin Melikova, Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi M. Fuzuliy nomidagi Qo`lyozmalar instituti rahbari akademik Teymur Karimli va boshqalar so`zga chiqdi. Jami 20 dan ortiq ma`ruzalar tinglandi. Tadbirda Ozarbayjonva O`zbekistondan 4 nafar fan akademigi, 20 nafardan ortiq fan doktorlari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida Ozarbayjon tarix va san`at muzeylari, Gilam muzeyi va Ozarbayjon qo`lyozmalar institutiga «O`zbekiston madaniy merosi» turkumidagi 50 jildli suratlarga boy kitob-albomlarni topshirish marosimi bo`lib o`tdi. Kitob-albomlarni olish uchun sertifikatlarni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o`rinbosari, loyiha tahrir hay`atiraisi, akademik Akmal Saidov topshirdi. U «O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida» loyihasining ikki davlat o`rtasidagi do`stlik aloqalarini yanada mustahkamlashdagi o`rni haqida gapirib, bu yo`nalishda faoliyat olib borayotgan ozarbayjonlik olim va tadqiqotchilarga O`zbekiston madaniymerosini o`rganish, saqlash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) nomidansertifikatlar topshirdi.
Davra suhbati ilmiy kashfiyotlar va yangi loyihalar haqidagi fikr almashuvlarga boy bo`ldi: masalan, Ozarbayjon Qo`lyozmalar instituti Butunjahon jamiyati (WOSCU) ga atoqli fors astronomi Al-So`fiy qo`lyozmasini tarjima qilishda yordam berishga tayyorligini bildirdi, uning faksimilesi nashr etilgan. (Butunjahonjamiyati, 2023 yil).
– O`zbekiston va Ozarbayjon – tili, an`ana vaurf-odatlari jihatidan bir-biriga juda yaqindavlatlar. Bugun ikki davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoev va Ilhom Alievning ta`lim sohasidagi tashabbuslari tufayli ilmiy hamkorlik imkoniyatlari chuqurlashib bormoqda, ikki davlato`rtasida tobora ko`proq qo`shma loyihalar ishlab chiqilmoqda. Bugun biz ozarbayjonlik hamkasblarimiz va Butunjahon jamiyati a`zolaribilan birgalikda taqdim etayotgan suratlarga boy kitob-albomda nodir numizmatik kolleksiyalar tarkibida Buxoro amirining sovg`alari – zarhal kumushdan yasalgan Qur`on g`ilofi, shuningdek, zarhal va sir bilan qoplangan, nafis bezatilgan va o`yib ishlangan idishlar to`plami, Buxoro amiri Said Mir Abdulahadxonning noyob fotosurati, XIX asrning ajoyib so`zanalari va boshqa osori atiqalar – o`zbek madaniyati va san`ati xazinalari, jumladan, qo`lyozma merosi, olimlar, shoirlar, madaniyat arboblarining arab, fors va o`zbek tillaridagi qo`lyozma nusxalari ham bor, – deydi O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash vaommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati(WOSCU) raisi Firdavs Abduxoliqov.
«O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida» loyihasi homiysi Baxtiyor Fozilov boshchiligidagi Eriell Group neft-servis kompaniyasidir.
M. Fuzuliy nomidagi Qo`lyozmalar instituti bosh direktori, akademik Teymur Karimli o`zbek zaminining institutda saqlanayotgan noyob qo`lyozma merosi haqida so`z yuritdi: «Institutimizda buyuk olim Abu Ali ibn Sinoning noyob qo`lyozmalari saqlanadi. Bu qo`lyozmalarning 200 ga yaqini haqidagi ma`lumotlar Butunjahon jamiyatiga yuborilgan va ularning ko`pchiligi Ozarbayjon to`plamlaridagi o`zbek merosiga oid yangi jildga kiritilgan».
U «O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida» loyihasining Ozarbayjon muzeylari bilan samarali hamkorligidan g`oyat mamnun ekanini bildirdi.
– Bunday yaqin ilmiy, madaniy va do`stona aloqalar O`zbekistonning boy madaniy merosini butun dunyoga tanitish kabi buyuk missiyani amalga oshirishga xizmat qilmoqda. Bu esa juda muhim vaqadrli, – deydi akademik Teymur Karimli.
Ozarbayjon tarixi muzeyi bosh direktori, akademik Noila Velixonli ham shunday kengko`lamli loyiha amalga oshirilayotgani uchun Butunjahon jamiyatiga minnatdorlik bildirdi.
– O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlashva ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyatidano`zbek madaniy merosiga oid ilgari chuquro`rganilmagan materiallarning ulkan qatlaminito`plagani uchun minnatdorman. Muzeyimizxodimlari kitob-albom yaratish loyihasida chuqurmamnuniyat bilan ishtirok etdilar va bu bizningizlanishlarimiz va ilmiy aloqalarimizningboshlanishi, deb o`ylayman, – dedi akademik NoilaVelixonli.
Tadbirda O`zbekiston Respublikasinin Ozarbayjondagi Favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Ashrafxonov ishtirok etdi.
Ma`lumot uchun: WOSCU mutaxassislarikitob-albom ustida ishlash jarayonida Ozarbayjonga bir qator ijodiy safarlarda bo`lishgan. Ular Nizomiy Ganjaviy tavalludining 800 yilligiga bag`ishlangan xalqaro konferensiyada, shuningdek, Boku shahrida 2023 yilda turkiy xalqlarning milliy musiqa san`atimavzusida o`tkazilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi. 2022 yil dekabr oyida WOSCU delegasiyasi Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi M. Fuzuliy nomidagi Qo`lyozmalar instituti, Ozarbayjon Milliy san`at muzeyi, Ozarbayjon tarixi milliy muzeyi va Gilammuzeyi rahbariyati bilan ilmiy tashrif va uchrashuvlar tashkil qilindi.