1

Xivaga “yurish” qilgan harbiy ekspedisiya: asori-atiqalarning tashib ketilishi

Madaniyat 20.02.2024, 08:35
Xivaga “yurish” qilgan harbiy ekspedisiya: asori-atiqalarning tashib ketilishi

XIX asr ikkinchi yarmida boshlangan va O`rta Osiyo xonliklarini bosib olishga qaratilgan harakatlar davomida Rossiya imperiyasi harbiy ekspedisiya tashkil etgan. Uning tarkibiga muayyan maqsadlarda sharqshunos olimlarni ham kiritgan. Ularning oldiga mintaqadagi qadimgi osori atiqalarni to`plash vazifasi qo`yilgan.

Jumladan, 1873-yilda Xiva yurishi davomida qatnashgan sharqshunos olim A.L. Kunga Peterburg kutubxonasi va muzeylari uchun ilmiy ahamiyatga molik barcha narsalarni sinchiklab o`rganish hamda to`plash topshirilgan edi. Bu “yurishda” qatnashgan E.  Jelyabujskiy va M. Alixanov–Avarskiylar quyidagilarni yozadi:

«29 may kuni soat kunduzgi 2 da general-mayor Golovachyov rahbarligidagi Turkiston, Orenburg va Kavkaz qo`shinlari musiqa sadolari ostida xonlik poytaxtiga kirib keldilar. Shundan so`ng Kaufman biz ishg`ol qilgan shahar va uning atrofidagi aholi vakillari itoatgo`y lik bilan uni kutib turgan saroyga kirib keldi va taxtga o`xshash o`rindiq turgan ayvonlardan biriga ko`tarilib, mahalliy aholiga quyidagi so`zlar bilan yuzlandi:  – Xabardor bo`ling va barchaga etkazing, endi dushmanligimiz nihoyasiga etdi va shu kundan boshlab, bizda faqat o`z homiyingizni ko`rasiz».

Shuningdek, Kaufman general-mayor Golovachyovga saroyni qo`riqlash to`g`risida ko`rsatma berdi. O`z navbatida A.L. Kun bor mol-mulklarni ro`yxatga oldi. 

Xazinadagi sandiqlarning aksariyati bo`sh bo`lib, faqatgina bittasining ichi to`la tanga edi. Ular orasida 20 ta tilla va 5 ta kumush muhrlar, 172 ta chingiziylar va temuriylar davriga mansub va Xorazm xonlari zarb qildirgan ko`plab oltin tangalar, qo`shotar miltiq, to`pponcha, oltin va zumrad bilan bezatilgan qilichlar, xanjar, sovut, dubulg`alar, 200 ta tanga zarb qilinadigan qoliplar, xon devonxonasi hujjatlari, 300 ta qo`lyozma-kitoblar bor edi. Xorazm xonlarining kutubxonasidagi kitoblar musodara qilinib, imperiya poytaxtiga jo`natildi.

Batafsil "O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida" loyihasi, 47- jild «IChAN-QAL`A» DAVLAT MUZEY-QO`RIQXONASI to`plami kitob-albomida o`qishingiz mumkin.

Loyiha bosh homiysi – Eriell Group neft xizmatlari kompaniyasi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1