1

Mukarrama Turg`unboeva haqida film suratga olindi

Madaniyat 26.02.2024, 18:53
Mukarrama Turg`unboeva haqida film suratga olindi

Xalq artisti Mukarrama Turg`unboeva haqidagi hujjatli filmining suratga olish ishlari yakunlandi.

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan "Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi" tomonidan “O`zbek san`ati darg`alari” turkumi ostida “Mukarrama Turg`unboeva” nomli hujjatli  filmning montaj va ovozlashtirish ishlarini nihoyasiga etdi.

Ijodiy guruh hozirda filmning montaj va ovozlashtirish ishlarini nihoyasiga etkazdi.  

Filmda Mukarrama Turg`unboevani yaqindan tanigan, u bilan ko`p yillar yonma-yon turib xalq xizmatida bo`lgan shogirdlari ustozlarining hayot yo`li va ijodi haqida intervyulari joy olgan. Ularning ustozlari haqidagi xotiralari, retrodan o`rinli foydalanilgani filmni hissiyotlarga boy, jonli va ta`sirli chiqishiga katta hissa qo`shgan.  

Filmning ssenariy muallifi va rejissyor Ilhom Haydarov, operator Samijon Sunnatilloev, ovoz rejissyori Abduqahhor Karimov, muharrir Kamola Yo`ldosheva, film direktori Akromali Abdullaev.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1