1

Bir oyda onlayn-taksi orqali qariyb 9 mln tashuvlar amalga oshirildi

Iqtisodiyot 12.03.2024, 12:13
Bir oyda onlayn-taksi orqali qariyb 9 mln tashuvlar amalga oshirildi

Taksi xizmatlari sohasini legallashtirish, rasmiy ish bilan band bo`lmagan shaxslar faoliyatlarini qonuniylashtirgan holda daromadlarini va bu bozordagi aylanmalar hisobini yuritish  bo`yicha boshlangan ishlar yil so`nggiga borib o`zining ilk samarasini berdi. Bu haqda Soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

O`zbekistondagi eng ommalashgan “Yandeks Go” xizmati 2023 yil dekabrdan faoliyatini mahalliylashtirib, soliq rezidentiga aylandi. 

Bugungi kunda bozorning eng katta ishtirokchilari Soliq qo`mitasi axborot tizimlari bilan integrasiya qilingan. Natijada ushbu agregatorlar orqali amalga oshirilgan taksi xizmatlari uchun fiksal chek shakllantirish imkoniyati yaratildi. 

Qayd etilishicha, yo`lovchi tashish xizmati bilan shug`ullanuvchi o`zini o`zi band qilgan fuqarolarni rasmiy daromad manbayi shakllanib, iqtisodiy harakatlarda daromad to`g`risidagi ma`lumotlar hisobga olina boshlandi (mehnat staji, ipoteka, iste`mol kreditlari, tovarlarni bo`lib to`lash...).

 2023 yil dekabr oyida onlayn-taksi agregatorlari orqali 4,4 mln tashuvlar amalga oshirildi. Yo`lovchi tashish faoliyati 80,1 ming nafar o`zini o`zi band qilgan haydovchi tomonidan amalga oshirilgan. Joriy yil yanvar oyida qatnovlar soni 5 mlnga etdi. Tashish xizmatlari 113,5 ming nafar o`zini o`zi band qilgan haydovchi tomonidan ko`rsatildi.

Fevral oyida bu raqamlar yanada o`sdi. 2024 yil 1 mart holatiga o`zini o`zi band qilgan haydovchilar tomonidan jami ko`rsatilgan xizmatlar soni 18,3 mlndan oshdi. Shundan 8,9 mlntasi fevral oyiga to`g`ri keladi. Eng yuqori aylanmaga ega shaxslar soni 8 446 ta bo`lib, bitta haydovchiga o`rtacha 8,5 mln so`mdan to`g`ri kelgan. 

Naqd va naqdsiz hisob-kitoblarda to`lovlarni fiskallashtirish bo`yicha hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida dekabr-fevral oylarida 9,7 mlrd so`m byudjetga soliqlar to`landi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1