AsosiyIqtisodiyot
5321

O`zbekiston AQSh, Meksika va Finlyandiyaga mis eksport qila boshladi

'O`zbekiston AQSh, Meksika va Finlyandiyaga mis eksport qila boshladi'ning rasmi

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 2023 yilda mis mahsulotlari eksportida yangi bozorlar – AQSh, Meksika va Finlyandiya kabi davlatlarni kashf qildi. Bu haqida kompaniya Matbuot xizmati xabar berdi.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan yanvar-fevral holati bo`yicha deyarli 82 mln dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, prognoz 101,3 foizga bajarilgan.

Xususan,  7,3 ming tonna mis mahsulotlari, 4,6 ming tonna rux metali, 132 tonna molibden mahsulotlari va boshqa turdagi mahsulotlar xorijlik iste`molchilarga yuborilgan.

Qayd etilishicha, kombinat mahsulotlari 20 dan ortiq davlatlarga eksport qilinmoqda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar