1

Imtiyozlar bekor qilingandan so`ng chekda QQS stavkasi ko`rsatilishi kerak

Iqtisodiyot 02.04.2024, 07:06
Imtiyozlar bekor qilingandan so`ng chekda QQS stavkasi ko`rsatilishi kerak

1 apreldan QQS bo`yicha ayrim imtiyozlar bekor qilindi. Soliq qo`mitasi matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, endi quyidagilar uchun QQS to`lanadi.

savdo aylanmasi bo`yicha:

- tibbiy xizmatlar;

- veterinariya xizmatlari;

- dori vositalari;

- veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun mo`ljallangan buyumlar.

O`zbekiston hududiga olib kirishda:

-dori vositalari;

-veterinariya dori vositalari;

-tibbiyot va veterinariya uchun mo`ljallangan buyumlar;

-shuningdek qonunchilikda belgilanadigan ro`yxat bo`yicha olib kiriladigan xomashyo.

aholiga ko`rsatiladigan xizmatlarni realizasiya qilish bo`yicha:

-suv ta`minoti;

- kanalizasiya;

- sanitariya jihatdan tozalash;

- issiqlik ta`minoti. Avval ushbu xizmatlarni ko`rsatish bo`yicha aylanmaga QQSning nol darajali stavkasi qo`llanilgan.

Endilikda, qo`shilgan qiymat solig`i to`lovchilari tomonidan ushbu mahsulot va xizmatlar uchun biriktirilgan MXIK kodlaridan foydalanilganda, onlayn-NKT va marketpleys cheklarida QQS stavkasi va summasi ko`rsatilishi lozim.

Buning uchun Texnik xizmat ko`rsatish markaziga murojaat qilish yoxud qo`llanma asosida onlayn-NKM va virtual kassa xotirasiga kirim qilingan mahsulot (xizmat)larning QQS stavkasi va summasini qayta sozlash tavsiya etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1