AsosiyMadaniyat

"Yaponiyada bir inson million dollarini maktabga qoldirmoqchi bo`libdi"

'"Yaponiyada bir inson million dollarini maktabga qoldirmoqchi bo`libdi"'ning rasmi

Ikki kundan buyon "Biz bir bo`lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!" shoira ostida tashkil topgan "Kinokarvon" Farg`ona viloyatida bo`lib turibdi. 

Loyiha ishtirokchilarining navbatdagi manzili Farg`ona tumani bo`ldi. Unda san`atkorlar maktabda aholi bilan uchrashdi. Tadbirda Shoxrux Hamdamov o`zbek kinosining bugungi kuni haqida aytib o`tib, yoshlarga maktabning inson hayotidagi o`rnini alohida ta`kidladi. 

"10-15 yil avval qachon maktabni bitiraman deb o`ylardik. Lekin hozir maktabimizga borsak, vaqt ortga qaytsayu shu maktabda 20 yil qayta o`qishga ham tayyorman deb o`ylaymiz.

Ya`ni maktab bizga yoshlikni eslatsa, o`quvchilik davri esa kelgusi hayotimiz uchun tramplin bo`ladi. Axir hozir harakat qilsa bas. Nimaiki niyat bo`lsa, hammasiga erishish mumkin. Bu o`zimdan misol. Hozirgacha barcha maqsadlarimni barchasiga erishdim. 

Yaqinda xabar o`qidim. Yaponiyada bir inson million dollarini maktabga qoldirmoqchi bo`libdi. Undan nega hamma boyligingni maktabga pul beryapsan deb so`rashsa, "men kelajakka pul tikyapman", debdi. Buni aytishimni sababi, investisiyalarni qaerga tikish kerakligi haqida", dedi aktyor.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar