Kecha 21 aprel kuni soat taxminan 16:10da Tuproqqal`a tumani «Muhabbat» MFY hududida joylashgan “Obod Poper” MChJga qarashli qog`oz va karton ishlab chiqarish sexida yong`in chikdi. Sex hududining qariyb 300 kv.m maydonida qog`oz chiqindilari va 100 kg mazut mahsulotlari yongan.
Mazkur yong`in yong`in-qutqaruvchilar tomonidan soat 17:42da to`liq bartaraf qilingan. Yong`inning yuzaga kelish sababi hamda ko`rilgan zarar aniqlanmoqda. Yong`inga 6 ta yong`in-qutqaruv ekipajlari jalb qilingan.
Mazkur sodir bo`lgan yong`in natijasida tan jarohati olganlar va halok bo`lganlar yo`q.