AsosiyJamiyat

Andijonda maktab "zamdirektori" o`quvchi qizlarga tegajog`lik qilganligi aytilmoqda

'Andijonda maktab "zamdirektori" o`quvchi qizlarga tegajog`lik qilganligi aytilmoqda'ning rasmi

Avvalroq, tarmoqlarda Andijonda maktab direktori o`rinbosari o`quvchi qizlarga tegajog`lik qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani izoh berdi. 

Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 7 may kuni Andijon viloyatida joylashgan 1-sonli umumta`lim maktabiga 1957 yilda tug`ilgan ayol kishi kelib, muassasa ma`muriyati va inspektor-psixologga murojaat qilgan.

U o`z murojaatida uning 6-sinf nabirasi N.S.ga nisbatan mazkur maktab direktor o`rinbosari 1990 yilda tug`ilgan M.K. tegajog`lik qilganligini aytib, bunday holat avval ham kuzatilganligini bildirgan.

Hozirda holat bo`yicha Andijon shahar IIO tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi xabariga ko`ra, holatni asoslantiruvchi ma`lumotlari to`la jamlanganligi va huquq-tartibot idoralari xulosalaridan so`ng yakuniy o`rganish natijalari e`lon qilinadi.

"Shu o`rinda viloyat Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi ta`lim sha`ni va obro`siga hamda pedagog imidjiga salbiy ta`sir etuvchi har qanday holatlarga keskin munosabat bildirgan holda tegishliligi bo`yicha keskin jazo choralarini qo`llashini ma`lum qilamiz", - deyiladi xabarda. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar