Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda 2025 yilda poytaxtda yangi ishga tushiriladigan Olimpiya shaharchasida O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko`zda tutilganligi ma`lum qilindi.
Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqot instituti hamda Mutaxassislar malakasini oshirish instituti ham o`tkaziladi. Akademiya tizimida Sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, Axborot kutubxona markazi, O`zbekiston tarixi va xorijiy tillarni o`qitish markazi ochiladi.
2025/2026 o`quv yilidan boshlab, akademiyaga 3 ta bakalavr yo`nalishi va 6 ta magistratura mutaxassisligi bo`yicha qabul boshlanadi. Bitiruvchi talabalarga to`g`ridan-to`g`ri 6 yillik trenerlik malaka sertifikati beriladi. Olimpiya va paralimpiya kollejlaridan seleksiya qilingan bitiruvchilar to`g`ridan-to`g`ri ikkinchi kursga qabul qilinadi.
Shundan kelib chiqib, Prezident mutasaddilarga kafedralar va o`quv dasturlarini ilg`or xorijiy tajribasi asosida tashkil etish, yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish bo`yicha topshiriqlar berildi.